Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi


Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorligida Navgadi mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-dekabrdagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘RQ-737-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔹Tadbir davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, favqulodda holat joriy etilishining huquqiy asoslari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining vakolatlari hamda favqulodda vaziyatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, favqulodda holat yuzaga kelgan sharoitda fuqarolarning qonun talablariga rioya etishi, rasmiy axborot manbalariga tayanishi, jamoat tartibini saqlash va mas’uliyatni chuqur his etish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
🔹Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4