"Bolalar salomatligini asrash – jamiyat kelajagini asrash demakdir. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda bolalarda onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash, skrining qamrovini kengaytirish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish hamda bemor bolalarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga yo‘naltirish borasida muhim natijalar qayd etildi. Eng muhimi, ushbu yo‘nalishda tibbiyot, ta’lim, mahalla va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish orqali har bir bolaning sog‘lig‘i ishonchli himoya qilinishi lozim. Biz deputatlar sifatida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, skrining tadbirlarining to‘liq qamrovi hamda har bir ehtiyojmand bolaning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki har bir bolaning sog‘lom hayoti – davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor qadriyatidir."
deya deputat Qalandarov Azamat Shermetovich o‘z munosabatini bildirdi.