Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati Kengashining Termiz shahrida boʻlib oʻtgan sayyor majlisida Surxondaryo viloyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida oʻtkazilgan majlisda Senat ishchi guruhining parlament nazorati doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar viloyatda bajarilishini oʻrganish natijalari koʻrib chiqildi.

Majlisda Oliy Majlis Senati qo'mitalari raislari, senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, viloyat va tuman studiyalarida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, hokimlar, kun tartibidagi masalaga taalluqli viloyat tashkilotlari hamda ularning tuman bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborotlari eshitildi hamda mavjud kamchiliklarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, joriy yilning oʻtgan besh oyida 6 ta yirik sanoat korxonasida ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan pasaygan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida Boysun, Jarqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarida loyihalar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganligi ta'kidlandi.

Muhokama davomida senatorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, sanoat zonalari samaradorligini oshirish, eksport hajmini koʻpaytirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Majlis yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.