Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH

Oqqo'rg'on tumani

AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashiga “O‘zLiDeP partiyasidan 11-“U Normat”saylov okrugi deputati Gulshoda Abdullaeva o‘z saylov okrugida bo‘lib, fuqarolarning uyma-uy yurib, muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan "U Normat" MFY hududida joylashgan "Dexqonobod" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etilib, har bir masala tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirildi.

O‘rganish jarayonida asosan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘llar holati, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy nafaqalar va kommunal xizmatlarga oid muammolar aniqlandi.

Qayd etilgan muammolarning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlarga taqdim etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Bu kabi o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 5