Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Kengash_faoliyati

"Navbahor" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish va nazorat-tahlil ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida deputat K. Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E. Eshonqulov "Navbahor" mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini joyida tahlil qildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, "Ayollar daftari" bilan ishlash, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash holati, yuritilayotgan hujjatlar va erishilgan natijalar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar "Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahallalarda tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2