📍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Mavlyanov Jamol Ortikovich tomonidan “Damariq” MFY hududida amalga oshirilayotgan ichimlik suv tizimlarini qurishning 2-bosqichi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
📝 Mazkur deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida belgilangan ichimlik suvi tarmoqlarini qurish ishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
🏗 Xususan, deputat tomonidan:
🔹 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;
🔹 qurilish jarayonining bugungi holati;
🔹 loyiha belgilangan muddatlarda yakunlanish imkoniyati;
🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati va reja asosida olib borilishi
yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talab qilingan.
💦 Mazkur loyiha “Damariq” mahallasi aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⏳ Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob taqdim etilishi lozim.
✅ Deputatlik nazorati orqali hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining sifati, shaffofligi va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)