Yangiliklar

#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar “Oxshix” MFY hududida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdilar.

✔️Uchrashuv davomida mahalla yoshlar yetakchisi U.Saidovning faoliyati o‘rganilib, hisoboti tinglandi. Hisobotda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit mablag‘lari ajratishga ko‘maklashish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✔️Shuningdek, deputat tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va takliflar muhokama qilindi. Elektr ta’minoti sohasi bo‘yicha bildirilgan murojaat yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5