Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
🤝🏘 Toytuyoq mahallasida ijtimoiy himoya faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati J.Mavliyanov tomonidan Toytuyoq mahallasida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, xususan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, ijtimoiy xodim Beknazarova Dilorom Ramazon munosabati bilan hududdagi ehtiyojmand aholiga qator amaliy yordamlar ko‘rsatgan: 65 nafar ehtiyojmand aholi bir martalik moddiy yordam bilan ta’minlangan. 

Shuningdek “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali mahalladagi 12 nafar yolg‘iz qariyalar va ko‘p farzandli kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan, 1 nafar fuqaroning davolash xarajatlarining bir qismi qoplab berilgan hamda 2 nafar o‘zga parvarishiga muhtoj fuqaro uchun ijtimoiy xizmatlar tashkil etilgan.

📌 Mazkur natijalar mahalladagi ijtimoiy himoya faoliyati qoniqarli darajada olib borilayotganini ko‘rsatmoqda va aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.

📈 Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalar va fuqaro guruhlariga tezkor yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Aholining ijtimoiy himoyasi — jamiyat barqarorligi va adolatni ta’minlashning muhim omili bo‘lib, mahalladagi amaliy ishlar bu borada qoniqarli natijalarni bermoqda. 

Slide 1 of 2