Yoshlar sportiga e’tibor!
🇺🇿 Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi “Adolat” SDP deputatlik guruhi rahbari, deputat E.Tursunov hamda “Adolat” SDP tuman kengashi raisi R.Ro‘ziyevalar "Po‘loti" MFY hududidagi 8-son umumiy o‘rta ta’limi maktabida bo‘lib, maktabning sport o‘yingohi yon tomonidan Jo‘yzar beton kanali o‘tganligi, sport o‘yingohi kanal tomoni atrofi temir panjara bilan o‘rab olinmaganligi natijasida, sport o‘yingohidan samarali foydalanish imkoniyati bo‘lmayotganligi, bu holat o‘quvchilarga noqulayliklar tug‘dirayotganligi aniqlangan.
📌 Ushbu masala yuzasidan tuman hokimi J.Xudoyev nomiga 30.03.2026 yil 32-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
🗣Bizni kuzatishda davom eting👉 t.me/JondorKengashi