Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Toshkesar MFYda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.

🔹Joriy yilning fevral oyida Marg‘ilon shahrining Toshkesar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar manzilli o‘rganilgan edi. 

🔹O‘rganish jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar — elektr energiyasining vaqti-vaqti bilan uzilib turishi, mavjud tarmoqlarning eskirgani va yuklamaga bardosh bermayotgani kabi muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Mazkur muammo muhokamalardan so‘ng shahar Kengashi sessiyasiga olib chiqildi. Sessiyada ushbu masalaning dolzarbligi alohida ta’kidlanib, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

🔹Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan muammoni hal etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi VII-20-13-11-168-K/26-son qaroriga asosan Toshkesar MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash uchun zarur mablag‘lar ajratilishi belgilandi.

🔹Ayni paytda ushbu qaror ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan uskunalarni yangilash hamda uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

🔹Jarayon ustidan deputatlik nazorati oʻrnatilgan. Xususan, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda hudud deputati X.Mashrabayeva elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rgandilar. Ular bajarilayotgan ishlarning sifati, muddatlari va aholining ehtiyojlariga mosligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

🔹Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur loyihaning to‘liq amalga oshirilishi natijasida Toshkesar MFY hududida elektr ta’minotidagi uzilishlar sezilarli darajada kamayadi, aholi turmush sifati yaxshilanadi hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Slide 1 of 5