Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Deputatlik so‘rovi” o‘z natijasini bermoqda

“Deputatlik so‘rovi” o‘z natijasini bermoqda

“Obod MFY hududida joylashgan 3-umumta’lim maktabiga eltuvchi yo‘l asosiy bo‘lganligi bois ushbu yo‘l serqatnovligi va buning oqibatida yo‘l harakati qoidalarining buzilishlariga olib kelayotganligi yuzasidan” saylovchilarning murojaatlariga asosan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati N.Isaqov tomonidan 2022-yilning 17-noyabr sanasi tuman IIB boshlig‘i nomiga chiqargan “Deputatlik so‘rovi”ga hamda tuman Kengashining joriy yildagi 67-sessiyasida tuman hokimi X. Inomovga “fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Obod MFY hududidagi 3- sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi asosiy yo‘lga svetafor o‘rnatilishida amaliy yordam berilishi to‘g‘risida”gi so‘rovlari javoban svetofor chiroqlari o‘rnatildi.

Bolajonlarimizni xavfsizligini ta’minlash maqsadida tumanning Qo‘rg‘ontepa MFY hududida joylashgan 53-54-58-sonli umumta’lim maktablariga eltuvchi asosiy yo‘lgan ham tuman Kengashi deputati I.Abduraxmonov tashabbusi hamda xomiylik yordamlari orqali svetofor o‘rnatildi.

Bu esa xalqimizning Yurtboshimiz tomonidan olib borayotgan siyosatdan rozi bo‘lishiga olib keladi. Zero, asosiy maqsadimiz xalqimizga xizmat qilishdir.

“Deputatlik so‘rov”lari va tashabbuslari bilan tumanimizda istiqomat qiluvchi jonajon xalqimizni xavfsizligini ta’minlashda hamda ularni roziligini olayotgan tuman Kengashi deputatlariga jamoatchilik asosida olib borayotgan deputatlik faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev

Slide 1 of 1