Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
OLTMISHINCHI SESSIYA

2023-yil 3-fevral kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Alimbekov Botir Boxodirovich olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2022-yil yakunlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karabayevning axboroti;

- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha fevral oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. M.Zufarovning hisoboti;

- Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limini boshlig‘i A.Rashidovning axboroti;

- Chinoz tumani mahalliy budjetining 2022-yilgi ijrosi hamda 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. M.Zufarovning hamda Chinoz tumani hokimligi Moliya bo‘limi mudiri B.Isroilovning hisobotlari tinglandi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Dadajanov Olimjon, Xafizov Xikmatilla, Avezov O‘rinboy so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Savol-javoblarga, keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7