Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Normuradova Termiz shahar “Abdulla Avloniy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan “ Abdulla Avloniy ” MFY da amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyati hamda mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, D.Normuradova deputat sifatida xalqning muammolariga yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.