Yangiliklar

Mahalla aholisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich Beshqo‘rg‘on MFYda mahalla aholisi, faollar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida hududda mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi. Aholi tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, bolalar o‘yingohlarini ta’mirlash, yo‘llarni ta’mirlash va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan topshiriqlar belgiladi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni kasb-hunar o‘rganishga jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5