Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jondor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi: Yangiliklar va Loyihalar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!
янв.21
Назорат тадбирлари ўтказилмоқда
янв.21
📌 "Камбағалликдан фаровонлик сари" — амалий қадамлар!
янв.21
🔰 Eko partiya hamkorligida nazorat tadbiri olib boriladi.
янв.21
🎓 Ёшларга мотивация – келажакка йўл!
янв.21
#_munosabat
янв.21
O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi KQ-35-V-sonli qarorini ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
#_МУНОСАБАТ
янв.21
"Mintaqaviy tinchlikka qo‘shilgan hissa – O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyati"
Munosabat

 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar yangi, strategik bosqichga kirib keldi 

Bu bosqich ikki davlatning nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. Bunday o‘sish siyosiy iroda, o‘zaro ishonch, va umumiy qadriyatlarga asoslangan do‘stlikning mevasidir.

Tarixiy jihatdan, O‘zbekiston va Ozarbayjon mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1995-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Shundan buyon
munosabatlar izchil rivojlanib bordi. Lekin so‘nggi yillardagi faol diplomatiya, oliy darajadagi tashriflar va strategik bitimlar munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
 

Bu yangi bosqichning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: 

1. Strategik sheriklik darajasi: Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik endi oddiy do‘stlik emas, balki strategik ahamiyatga
ega ittifoqchilikka aylanmoqda.
 

2. Transport va logistika aloqalari:

TransKaspiy yo‘li va transport koridorlari orqali O‘zbekistonning Kavkaz va Yevropaga chiqishida Ozarbayjon muhim rol o‘ynamoqda. 

3. Energetika sohasidagi hamkorlik: Energiya resurslari almashinuvi, qayta tiklanuvchi manbalar bo‘yicha hamkorlik yangi imkoniyatlarni
ochmoqda.

4.Madaniy va ta’lim sohalaridagi yaqinlashuv: Universitetlar o‘rtasida hamkorlik, talabalar almashinuvi va qo‘shma madaniy tadbirlar xalqlar
do‘stligini yanada mustahkamlamoqda.
 

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi A.Baynazarov