Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jondor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi: Yangiliklar va Loyihalar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!
янв.21
Назорат тадбирлари ўтказилмоқда
янв.21
📌 "Камбағалликдан фаровонлик сари" — амалий қадамлар!
янв.21
🔰 Eko partiya hamkorligida nazorat tadbiri olib boriladi.
янв.21
🎓 Ёшларга мотивация – келажакка йўл!
янв.21
#_munosabat
янв.21
O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi KQ-35-V-sonli qarorini ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
#_МУНОСАБАТ
янв.21
"Mintaqaviy tinchlikka qo‘shilgan hissa – O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyati"
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot

Payariq tumanida oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Payariq tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Isroilova hamda Tuman deputatlar kengashining doimiy komissiya raisi M. Nurmanova boshchiligida Toshhovuz mahallasidagi faollar va “Oqila ayollar” ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida oilalar soni ortib borayotgan bir paytda, afsuski, ajrim holatlarining ham ko‘payib borayotgani borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bu muammo ikki inson o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlargina emas, balki jamiyat barqarorligi va kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Yig‘ilish davomida ajrimlarning asosiy sabablari — iqtisodiy qiyinchiliklar, o‘zaro tushunmovchilik, ijtimoiy tazyiq, yoshlar orasida oilaviy hayotga tayyorlik darajasining pastligi kabi omillar muhokama qilindi. Ayniqsa, yosh oilalarda tarbiyaviy bo‘shliq, ota-onalarning nazorati yetishmasligi, ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri namunaviy obrazlarning targ‘ib qilinishi ham muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, yoshlarga oilaviy hayotga tayyorgarlik, psixologik yordam ko‘rsatish, mahallalarda “Oqila ayollar” kengashlari faoliyatini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur uchrashuv mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ajrimlarning oldini olish va sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladigan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Slide 1 of 2