Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jondor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi: Yangiliklar va Loyihalar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!
янв.21
Назорат тадбирлари ўтказилмоқда
янв.21
📌 "Камбағалликдан фаровонлик сари" — амалий қадамлар!
янв.21
🔰 Eko partiya hamkorligida nazorat tadbiri olib boriladi.
янв.21
🎓 Ёшларга мотивация – келажакка йўл!
янв.21
#_munosabat
янв.21
O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi KQ-35-V-sonli qarorini ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
#_МУНОСАБАТ
янв.21
"Mintaqaviy tinchlikka qo‘shilgan hissa – O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyati"
Fuqarolar muammolari eshitildi, yechimlar belgilandi

Fuqarolar muammolari eshitildi, yechimlar belgilandi

Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov hamda bir qator tashkilot va idora rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganishdi.

♦️Qabulda sakkiz nafar fuqaro turli masalalarda murojaat qildi. Asosiy masalalar ish bilan ta’minlash, pensiya masalasi, uy-joy qurilishidagi qoidabuzarliklar yuzasidan jarimani kamaytirish, shuningdek, ish birligini 0.5 shtatdan 1 shtatga oshirish masalalari bo‘ldi.

🟢Ish so‘rab murojaat qilgan ikki nafar nogironligi bor fuqaroga Shimoliy kon boshqarmasi tarkibidagi korxonalarga yo‘llanmalar berildi. Jarimaga oid murojaatda esa sudga ariza yozish va murojaat yo‘llash tartibi batafsil tushuntirildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

♦️Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va qonun doirasida yechim topish choralari belgilandi.

Slide 1 of 8