Bugungi kunda
mamlakatimizda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy
etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib
borilmoqda. Shu jumladan tumanimizning Sariqipchoq mahallasida ham ulkan
bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu savobli ishda
barcha tashkilotlar, mahalla aholisi hamda tuman Kengashi deputatlari ham faol
ishtirok etmoqdalar.
Bunyodkorlik
ishlari bilan qatorda deputatlar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar
ham o‘rganilib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda
ijobiy hal qilish choralari ko‘rib borilmoqda.