Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 4-sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 4-sessiyasi o‘tkazildi. 

Unda 

- Tumanda investisiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha 2024-yilda bajarilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida;

- Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida belgilangan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari ijrosi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024-yilning III va IV choraklarida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Qiziltepa tumani bo‘limiga 2024-yilning III va IV choraklarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi muhokamasi to‘g‘risida;

- 2025-yilda Qiziltepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya hokimlikning "Instagram" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jonli efirda uzatildi. Jonli efir manzili: https://www.instagram.com/reel/DFcDZWloCn4/?igsh=MXRhMXlxeThmNnYy

Slide 1 of 4