O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazarov Sharofiddin Hakimovich - Koson tumani Pudina MFYdagi 3- sonli kasb-xunar maktabida Koson tumanidagi "Pudina","Korabayir" hamda "Mudin" mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Lobar Abidova Shodmon Shokirov va O‘zbekiston XDP Koson tuman Kengashining raisi Azamat To‘xtamishev ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda deputat tomonidan partiya fraksiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda qabul qilingan Qonunlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga tushintirib berdi.
Uchrashuv sunggida esa saylovchilarni qabulini o‘tkazdi.