Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Parkent tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Parkent tuman Kengashi kotibiyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Turayevna Mirgaziyeva va Parkent tumani hokimi Sardor Isakulov ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.Yig’ilishda sektor rahbarlari, Kengash kotibiyat mudiri, tuman hokimining o’rinbosarlari ham qatnashdi. Unda "O’zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlar Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan muhim tashabbuslarni amalga oshirish va ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish muhimligini ta’kidlashdi.Yig’ilishda Kumushkon turizm qishlog’ida amalga oshirilayotgan ishlar va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar, shuningdek, tuman hududida joylashtirilgan tashqi reklamalarning “Reklama to’g’risida”gi qonun talablariga muvofiqligi bo’yicha ham fikr almashildi.Ushbu yig’ilish davomida deputatlar va mahalliy hokimiyat vakillari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish borasida kelishib olindi.      

Slide 1 of 4