📌Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari B.Toshpo‘latov va G.Anorboyevalar tomonidan “Qaliya” MFY “yettiligi” aʼzolari va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova va "Madaniyat" MFY “yettiligi” aʼzolari bilan birgalikdaham hududdagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘ldi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Umarov “Bog‘ishamol” MFY “yettiligi” aʼzolari hamda tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G. Anorboyeva mahalla yettiligi tizimida hududda uyma-uy yurishlar olib borilmoqda.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov hamda viloyat Kengashi deputati O.Kogay, Jizzax shahar gaz ta‘minoti tashkiloti mas‘ullari bilan birgalikda navbatdagi ishchi o‘rganishni o‘tkazdilar. Ishchi guruh “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-sonli oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
📌Jizzax shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarga yechim izladilar.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova “Kimyogar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ta’mirtalab ko‘chalar holatini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, “Sayilgoh” ko‘chasi 10A-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyning oqova suv (kanalizatsiya) quvuri yorilganligi holati mahalla raisi va soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh. Umarov tomonidan Jizzax shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasida ayni shu yo‘nalishda o‘rganish ishlari olib borildi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X. Xamdamova tomonidan Jizzax shahridagi “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S. Bekmurodovaning yashash sharoiti va murojaati atroflicha o‘rganildi.
📌Jizzax shahar Kengashi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan Jizzax shahridagi “Kaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M. Sattorovaning murojaati joyiga chiqqan holda, atroflicha o‘rganildi.