Joriy yilning 21-aprel kuni Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o`zi saylangan “Istiqbol” MFY xududidagi 40-umumiy o`rta ta`lim maktabida tashkil etilgan adabiy tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Turob Niyoz qatnashdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda tashkil etilib o`quvchilarni qiziqtirgan savollariga ma`sullar tomonidan javob berildi.