#MUNOSABAT
21-oktyabr O‘zbek tiliga -Davlat tili maqomi berilgan kun. Shu bilan birga o‘zbek alifbosida tarixiy o‘zgarish yuz bergan kun deb ayta olamiz. Prezident Shavkat Miromonovich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi ayrim harflarning shakliga tuzatish kiritish haqida qonunni imzoladi. Bu esa 10 yillardan buyon davom etib kelayotgan bahslar, noroziliklar yoki tushunmovchiliklarga nihoyat barham berilib, til hamda yozuv borasida yakdil pozitsiya kelishiga turtki bo‘ladi, degan umiddaman.
Fikrimcha, o‘zbek alifbosidagi ayrim harflarga o‘zgartirish masalasi juda muhim edi. Chunki alifbo tilimizning asosiy tayanchi hisoblanadi.
Dilfuza Saidova Xalq deputatlari Jizzax şahar Kengaşi deputati