Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

GULBAHOR MFYDA XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

GULBAHOR MFYDA XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov o‘zi saylangan Gulbahor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan manzilli ishlash, fuqarolarning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatni davom ettirmoqda.

Jumladan, deputat mahalla raisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda fuqaro Nilufar Artikovaning xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda xonadon vakillari bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida oilaning ehtiyojlari, mavjud masalalar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday xonadonbay o‘rganishlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, oilalarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3