Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NAVRO‘Z MFYDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

NAVRO‘Z MFYDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 13-Mehnatobod saylov okrugi deputati N. Ilmurodova tomonidan Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi yuzasidan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xonadonlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini manzilli o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatish va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2