Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰DEPUTAT TASHABBUSI.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova tashabbusi bilan 8-“Madaniyat” saylov okrugida xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash borasida samarali loyiha amalga oshirilmoqda.

🔸“Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrlar va “Ayollar daftari”da turgan ishsiz xotin-qizlar bugungi kunda bozorda xaridorgir bo‘lgan ratan materialidan stol va stullar to‘qishga jalb etildi.

🔸Loyiha doirasida ayollarga dastlab to‘quvchilik sirlari o‘rgatilib, so‘ngra ular kasanachilik asosida doimiy ish va daromad manbaiga ega bo‘ldilar. Deputat va mahalla hamkorligidagi ushbu xayrli tashabbus hududda kambag‘allikni qisqartirish hamda xonadonlar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2