Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo, taklif va ehtiyojlar batafsil o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda muammolarning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni davom ettirish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Har bir murojaat — e’tibor va amaliy yondashuvni, har bir muammo — aniq yechimni talab qiladi.

Slide 1 of 2