📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodovning fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
🔸Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi, elektr ta‘minoti, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan 25 ta murojaat kelib tushdi.
🔸Murojaatlar shahar hokimi tomonidan atroflicha tinglanib, ularning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas‘ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.