Yangiliklar

#hududdagi_jinoyatchilikka qarshi kurash

🚀 Jinoyatchilikdan xoli mahalla sari: “Qizil” va “sariq” hududlar nazoratda.

Nurafshon shahrida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari doimiy e’tiborda.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev tomonidan #hududdagi_jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga urg‘u berildi:
🔹 Jinoyatchilik o‘choqlarini aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlari;
🔹 Mahallalardagi profilaktika inspektorlari va “yettilik” tizimining hamkorligi;
🔹 Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan tizimli ishlash holati.

"Maqsadimiz — har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli, xavfsiz hududga aylantirish va aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir", — dedi K.Umarboyev o‘rganish jarayonida.

Slide 1 of 2