Yangiliklar

🔰Fuqarolar murojaati e‘tiborda.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati mudiri M.Adilova Jizzax shahridagi “Sangzor” MFY, “Sangzor” ko‘chasi, 27-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro S.Normatovaning murojaatini o‘rgandi.

🔸Fuqaro S.Normatova oilaviy sharoiti og‘irligi sababli oliy ta‘lim muassasasi shartnoma pulini to‘lashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. O‘rganish davomida fuqaroning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, oilaviy va yashash sharoiti haqiqatdan ham qiyinligi aniqlandi.

🔸Hozirda ushbu kontrakt to‘lovi masalasini ijobiy hal etish maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda va deputat tomonidan nazoratga olindi.