Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolarning ijtimoiy sohaga oid murojaatlari, xususan, bolalar nafaqasi tayinlash tartibi, kambag‘allik reyestriga kiritish mezonlari hamda ushbu yo‘nalishdagi amaliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur muloqotlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yana-da oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 2