Yangiliklar

Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda

          Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I. Butabekov hududlardagi ijtimoiy muhit va aholi turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida “To‘racheki” hamda “Kapa” MFYlarida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. 

Muloqotlar davomida aholi tomonidan bildirilgan kommunal soha, ichki yo‘llar holati va boshqa hayotiy masalalarga oid murojaatlar nazorat tartibida o‘rganildi. Maqsad — xalqning ichiga chuqurroq kirib, ularning dardiga malham bo‘lish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga hissa qo‘shishdir. Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 6