Yangiliklar

Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi

Mazkur qaror aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning yechimini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan.

💬 Endilikda mahalliy Kengash sessiyalarida Prezident Xalq qabulxonalari, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan muntazam hisobotlari eshitiladi.

💬 Hisobotlarda murojaatlar soni va tarkibi, ularning hududlar kesimidagi tahlili, eng ko‘p uchrayotgan muammolar, murojaatlarni ko‘rib chiqish sifati, takroriy murojaatlar sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aks ettiriladi.

💬 Doimiy komissiyalar tomonidan hisobotlar oldindan o‘rganilib, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, tizimli muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

💬Sessiyalar yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

💬Ushbu tartibning joriy etilishi xalq bilan muloqot tizimini yanada kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni samarali bartaraf etishda mahalliy Kengashlarning rolini oshirishga xizmat qiladi.
🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan ham mazkur qaror ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.