Yangiliklar

🚦 Deputat tashabbusi: “Fidokor” MFY yo‘llari xavfsiz hududga aylantirilmoqda

🚦 Deputat tashabbusi: “Fidokor” MFY yo‘llari xavfsiz hududga aylantirilmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati N.Norqulov tashabbusi bilan “Fidokor” MFY hududida yangi svetoforlar o‘rnatildi.
Ushbu amaliy tashabbus mahalla ichki yo‘llaridagi transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarga barham berish ҳамда eng asosiysi — yo‘l-transport hodisalarining (YTH) oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
Yangi o‘rnatilgan svetoforlar hudud aholisi, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining yo‘llardan xavfsiz o‘tishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2