🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mas’ul xodimlari hamkorligida maxsus ishchi guruh tuzildi.
🔹Ishchi guruh Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rgandi. Partiyaviy va deputatlik nazorati doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
▫️Tashqi yozuvlar: peshlavha, e'lon va reklamalarning davlat tilida bo‘lishi;
▫️Imlo qoidalari: matnlarning xatolarsiz va amaldagi me'yorlarga mos yozilishi;
▫️Huquqiy targ'ibot: tadbirkorlarga qonun talablarini tushuntirish va tavsiyalar berish.
🔹Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Bu kabi nazorat tadbirlari ona tilimiz sofligini saqlash va shahar ko‘rkiga putur yetkazayotgan tushunarsiz reklamalarga barham berishga xizmat qiladi.