🔴Mazkur uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — joylardagi real ahvolni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va sohalar rivojiga amaliy ko‘mak berishdan iboratdir.
🔴Muloqotlar davomida xalq vakillari tomonidan muassasalar faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor bo‘lgan hamda o‘zlariga biriktirilgan 96 ta eng muhim qonun hujjatlarining ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi.
🔴O‘rganishlar jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunchilikdagi yangiliklarni soha xodimlariga yetkazish va ularni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴Suhbat yakunida soha vakillarining faoliyatini kelgusida yanada rivojlantirish hamda yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha tuman Kengashi va deputatlar bilan hamkorlikda ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
🔴Ushbu yo‘lga qo‘yilgan tizimli hamkorlik kelgusida tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
🔴Deputat va tashkilotlar o‘rtasidagi bunday yaqin muloqot xalqimiz farovonligi hamda tumanimiz ravnaqini ta’minlashda muhim poydevor bo‘ladi