🔹Deputat o'ziga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi "Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisidagi" O‘RQ-995-sonli Qonunining tuman qishloq xo'jaligidagi ijrosi holatiga alohida eʼtibor qaratdi.
🔹O'rganishlar davomida kooperativ tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bir qatorda mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, xalq vakili hududdagi "Jayxun ipagi" MChj faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ipakchilik sohasini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan loyihalarni ko'zdan kechirdi.
🔹Tanishuv davomida korxonaning mavjud imkoniyatlari, ipak qurti boqish va pillani qayta ishlash jarayonlari tahliliy o'rganildi.
🔹Yakunda deputat A.Xamrayev tomonidan qishloq xo'jaligi va ipakchilik sohalari samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim tavsiyalar hamda ko'rsatmalar berildi.