Yangiliklar

Mahallabay ishlash tizimi va Qonun hujjatlari ijrosi nazoratda

⚫️Tashrif davomida deputat o'ziga biriktirilgan aholi hayotiga daxldor bo‘lgan 96 ta eng muhim qonun hujjatlarining joylardagi ijro etilish holatini atroflicha o‘rgandi.

⚫️Mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududiy muammolarni tizimli hal etish borasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

🔴Jumladan, mahalla inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish va huquqbuzarliklarning sabablarini bartaraf etish choralari ko‘zdan kechirildi.

🔴Shuningdek, mahalla raisining qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasida olib borayotgan faoliyati ham o‘rganishlar markazida bo‘ldi.

🔴Muloqot jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy masalalarni hal etishda barcha mas’ullarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.

🔴O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida hamkorlikda bajariladigan vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4