#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Deputat tashrifidan so‘ng muammo hal bo‘ldi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sakinaxon Said Gaziyeva 24-Olmazor saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ishchi guruh bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganishlar olib bordi.
📉 “Katta Chilonzor-1” mahallasi hududida asfalt qoplamasining holati yomonligi yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Deputat Sakinaxon Said Gaziyeva tashrifidan so‘ng muammo shu kuning o‘zida hal etildi.
🗣 Murojaat yo‘llagan fuqarolar bu amaliy sa’y-harakatdan so‘ng minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash