Yangiliklar

🔰Sayyor qabul.

🔸Hududlarda o‘rganishlar va aholining eʼtirozlari, muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar milliy agentligi Jizzax shahar bo‘limi rahbari N.Mamatkulovlar bilan birgalikda “Qaliya” MFY fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi. 

🔸 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan, bolalar va nogironlik nafaqasi tayinlashda hamda sog‘ligini tiklash kabi masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi. 

🔸 Fuqarolarga, muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib hamda ularni hal etilishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3