Yangiliklar

Birlamchi tibbiy xizmat – e’tibor markazida!

🩺Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumurotov tomonidan Paxtachi MFY hududida joylashgan 7-son oilaviy shifokor punkti (OSHP) faoliyati o‘rganildi.

🔬O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokor va tibbiyot xodimlarining ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🩻Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

💉Mazkur o‘rganishlar aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda tizimda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2