Yangi O‘zbekiston islohotlaridagi ustuvor vazifa
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Samiyeva hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati C.Kasimovlar Sariosiyo tumani “Tortuli” mahallasidagi 68-oilaviy poliklinikada boʼlib, Inson qadri tamoyiliga asoslangan Yangi O‘zbekiston islohotlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Deputatlar poliklinikaning moddiy-texnik va dori-darmon taʼminoti, mavjud tibbiy jihozlar holatini o‘rgandi. Poliklinikaga kelgan fuqarolar bilan gaplashib, maishiy korrupsiya, tibbiy xizmat bo‘yicha fikr-mulohazalari, takliflarini eshitishdi.