🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati K.Xolmurodov tomonidan 2026 yilning mart–aprel oylarida harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔸Muloqot davomida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, kredit olish, yer ajratish, ishga joylashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🔸Uchrashuv yakunida bu kabi muloqotlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.