DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Sariosiyo tumanida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati N.Xamdamova va tuman Kengashi deputati T.Mirzayevlar tomonidan tumandagi “Xurshid” mahallasida joylashgan 64-oilaviy poliklinikaga qarashli "So‘fiyon" tayanch punkitida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmatlarning ko‘rsatilishi sifati, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔄O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.