Yigʻilishda hududga investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2026-yil 1-chorakda 71,4 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, reja 122 foizga bajarilgan. Shuningdek, 2025-yilda eksport hajmi 34,6 mln dollarni tashkil etib, belgilangan ko‘rsatkichdan ancha yuqori natijaga erishilgan. Bunda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti sezilarli o‘sish ko‘rsatgan.
Yig‘ilishda erishilgan natijalar bilan birga mavjud muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, 2026-yil eksport rejalarining bajarilish sur’atlarini jadallashtirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va yangi korxonalarni ishga tushirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Deputatlar tomonidan masalalar nazoratga olinib, kelgusida ham bu yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi belgilandi.