Toshrabot aholisi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari N.Rustamova, N.Isoqov va D.Shamsiyevalar Toshrabot hududi aholisi bilan Qiziltepa tumani Qalayi Azizon mahallasida joylashgan 1-sonli texnikum binosida uchrashdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan ijtimoiy soha, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda bandlik masalalariga oid murojaatlar bildirildi.
Mas’ullar tomonidan bildirilgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yuborish hamda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.