Yangiliklar

Andijon shahar Mustaqillikning 21 yilligi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi O‘zbekiston ko‘chasining avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan yer cho‘kish holati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Mo‘ydinov tomonidan nazoratga olindi.

Tezkor choralar ko‘rilmoqda

Andijon shahar Mustaqillikning 21 yilligi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi O‘zbekiston ko‘chasining avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan yer cho‘kish holati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Mo‘ydinov tomonidan nazoratga olindi.

⚠️ Holat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar zudlik bilan jalb etilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

🚜 Ayni vaqtda hududda maxsus texnikalar yordamida yo‘l qoplamasini tiklash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda nosozlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

✅ Mazkur masala to‘liq hal etilgunga qadar doimiy nazoratda bo‘ladi.

Slide 1 of 3