Tuman Kengashi deputati O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, muammoli masalalar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati