2026-yil 25-fevral kuni xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati D.Po‘latov va 3-sonli o‘rta maktab direktori O. Alimov bilan "Do‘stlik" MFY hududida joylashgan ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron bolajonlar uchun mo‘ljallangan "Mehrjon" bolalar bog‘chasiga tashrif buyurib, u yerda tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
✓ Bog‘cha tarbiyachilari bilan suhbatlashib, bolajonlar uchun yana qanday qo‘shimcha amaliy yordam zarurligi, hamda o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar borasida suhbat o‘tkazildi.
✓ O‘rganish so‘nggida bog‘cha xodimlari va bolajonlarni ishlariga omad tilab, bildirilgan takliflar maʼsullarga yetkazilishiga kelishib olindi.